Merino to‘rt oyga safdan chiqdi, Finalissimani o‘tkazib yuboradi
"Arsenal" yarim himoyachisi Mikel Merino oyoq panjasi singani sabab kamida toʻrt oy maydonga tusha olmadi. Bu haqida jurnalist Gaston Edul xabar berdi.
Manbaga koʻra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi aniq ravishda Finalissimani oʻtkazib yuboradi. Argentina va Ispaniya terma jamoalari oʻrtasidagi bahs 27 mart kuni Qatardagi "Lusail" stadionida boʻlib oʻtadi.
Yaqinda "Arsenal" yarim himoyachisi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta bugun ispaniyalik futbolchining tiklanish muddati haqida fikr bildirdi.
"Oʻylaymanki, shifokorlar operatsiya qanday oʻtganidan mamnun. Oldinda, albatta, uzoq tiklanish jarayoni turibdi — gap suyakning bitishi haqida ketmoqda.
Biz barcha zarur muddatlarga amal qilamiz va ishonamanki, u tiklanishni tezlashtirish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qiladi.
Muddatlar haqida gap ketganda, bu oylar bilan oʻlchanadi: uch, toʻrt yoki besh — hozircha aniq emas", — dedi Arteta.
Fikrlar