
Mertens uchun xaridorlar soni yana bittaga ko‘paydi
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens yozda "Pari Sen-Jermen" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Italiyalik mashxur jurnalist Janluki di Martsio manbasiga ko‘ra, parijliklar mutasaddilari futbolchini tekinga qo‘lga kiritishni rejalashtirishmoqda. Bungacha "Inter", "Monako", "Liverpul" va "Atletiko" kabi bir necha klublar 33 yoshli hujumchi xizmatlariga qiziqish bildirishayotgan edi.
Mertensning neapolliklar o‘rtasidagi shartnoma joriy yil yozida yakuniga etadi, klub ayni damda futbolchi bilan yangi kelishuv borasida muzokaralarni to‘xtatganicha yo‘q.
Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi A Seriya klubi safida 29 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 12 marotaba aniq nishonga olgan.
Fikrlar