Messi – “Barselona” istalgan jamoani mag‘lub etishi uchun asosiy sabab
“Barselona”ning sobiq himoyachisi Xaver Maskerano bugun “Bavariya”ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bavariya” juda yaxshi jamoa bor. Ularda jismonan baquvvat futbolchilar ko‘p. Ammo bir o‘yinda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. “Barselona”da hammasi joyida bo‘lishiga ishonaman.
“Barselona” o‘yinni nazorat qilishi kerak, chunki ular o‘z himoya chiziqlarida qiynalishadi. Agar ular vaziyatni nazorat qila olsalar, hammasi individual mahoratga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Messi – “Barselona” istalgan jamoani mag‘lub etishi uchun asosiy sabab. Chempionlar ligasi finaligacha 2 ta o‘yin qoldi va u buni yaxshi biladi.
“Napoli”ga qarshi o‘yinda uning xohishi qanchalik yuqori ekanini ko‘rdim. Bu uning jamoadoshlariga ham ta’sir qiladi”, - deydi argentinalik futbolchi.
“Barselona” – “Bavariya” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar