
Messi, Neymar va Mbappe haqida...
“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Kristof Galte Frantsiya chempionatida “Tuzula” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin hujum uchligi – Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappeni maqtadi.
- “Monako”ga qarshi uchrashuvda ikki ochko yo‘qotganimizdan keyin “Tuluza” bilan o‘yinning ahamiyati oshib ketdi. Qiyin bo‘lishini bilardik. Chunki raqib yaxshi shakllangan jamoa.
Messi ikkita golli pas berdi. Neymar klub uchun 109-golini urdi. Kilian o‘z nomini tabloga yozdirdi. Bu uchrashuvda biz uchun ko‘plab yoqimli jihatlar namoyon bo‘ldi.
Mavsum boshida himoyada muammolar ko‘zga tashlangan edi. Hozir bu kamchiliklar to‘liq bartaraf qilindi, - dedi Kristof Galte.
Fikrlar