
Messi Anrining natijasini takrorladi
"Barselona" forvardi Lionel Messi kecha "Valyadolid"ga (1:0) qarshi o‘yindagi yagona golga assistentlik qildi va mavsumdagi golli uzatmalari sonini 20 taga etkazib oldi.
Squawka Football tarqatgan xabarga qaraganda, Messi bu borada Terri Anrining ("Arsenal", 2002/03) natijasini takrorladi va XXI asrda bir mavsumda 20 ta gol hamda 20 ta assistga mualliflik qilgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Messi joriy mavsum La Ligada hozircha 22 ta gol hamda 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Anri esa 2002/03 yilgi mavsumda APLda o‘z hisobiga 24 ta gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan edi.
Fikrlar