Messi: Argentina Amerika kubogida favorit emas

  • 6 iyun, 2019, 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining Amerika kubogidagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Biz terma jamoada hamisha katta xohish bilan o‘ynaymiz. Hozirda jamoamiz avlodlar almashinuvini boshdan kechiryapti. Yangi futbolchilarda terma jamoada u qadar ko‘p o‘yin o‘tkazishmagan. Ularning aksariyatiga Amerika kubogi ilk rasmiy musobaqa hisoblanadi. Biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Ammo, Argentina musobaqa favoriti hisoblanmaydi”, - deydi Messi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika kubogi 14 iyundan 7 iyulgacha Braziliya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. “Albasetlar” esa guruhda Kolumbiya, Ekvador va Qatar terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!