
Messi "Barselona"da yana bir tarixiy rekordni yangiladi
"Barselona" sardori Lionel Messi kecha Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
Kataloniyaliklar rasmiy saytining xabar berishicha, 33 yoshli argentinalik futbolchi Ispaniya kubogida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha klub rekordini yangilagan. Madriddagi o‘yin Messi uchun mamlakat kubogi doirasidagi 76-o‘yin bo‘ldi va u bu borada Jozep Samiterni (75) ortda qoldirdi.
Bu borada keyingi o‘rinlarni Andreas Inesta (73), Visente Pera (71) va Xavi (70) egallab turibdi.
Lionel Messi joriy mavsum “Barselona” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar