Messi "Barselona"ga qaytadimi? Laporta javob berdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Lionel Messining klubga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.
"Messi tarixdagi eng yaxshi futbolchi va u "Barselona" muxlisi, uning yuragi "Barsa" deb uradi. Biz Messining bir kun qaytib kelishini xohlardik.
Lekin u hozir PSJ futbolchisi. Keling, nima bo‘lishini keyin bilib olamiz", - dedi jamoa prezidenti.
Messining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda hujumchi jamoa safida 19 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 14 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar