
Messi bir zarba bilan Peleni taxtdan ag‘daradi
Futbol qiroli Pele dunyo futbolchilari orasida bir jamoa uchun eng ko‘p gol urgan hujumchi sifatida tarixga kirgan. U “Santos” jamoasi safida raqiblari darvozasini 643 marta aniq nishonga olgan.
Bu bir qarashda, yangilanmas rekorddek tuyuladi. Ayniqsa, futbolchilar qo‘nimsizligi kuchaygan zamonaviy futbolda buning deyarli imkoni yo‘q. Biroq “Barselona”ga sadoqat ko‘rsatib kelayotgan Messi futbol qirolini taxtdan tushirish imkoniga ega.
Ispaniya chempionatining 13-turida Leo “Levante” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Messi uchun “Barselona” tarkibidagi 642-gol sifatida qayd etildi. Hali Messining “Barselona” bilan yozgacha shartnomasi borligini va hujumchi hamon jamoa etakchisi ekanini inobatga olsak, argentinalik hujumchi bir jamoa uchun gol urish borasida Pele taxtini egallashi hech gap emas.
Fikrlar