Messi: "Biz sizlar bilan faxrlanamiz"

  • 20.10.2025 17:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi sardoni Lionel Messi U-20 Jahon chempionati finalida mag‘lub bo‘lgan vatandoshlarini qo‘llab-quvvatladi.

Habaringiz bor, Chili mezbonlik qilgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati kecha tunda o‘z yakuniga etdi. Final bahsida «o‘lim guruhidan» etakchilik qilib keyingi bosqichga yo‘l olgan Marokash terma jamoasi argentinalik tengqurlariga qarshi maydonga tushdi. Argentinaning katta ustunligi ostida o‘tgan uchrashuvda Afrika qit’asi vakillari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va 16 yildan so‘ng kichik mundial kubogi «qora qit’aga» yo‘l oldi.

O‘yindan so‘ng Leo Messi vatandoshlariga murojat qildi:

"Ruhiyatingizni tushirmang, yigitlar. Sizlar turnir mobaynida chiroyli va juda aqlli o‘yin ko‘rsatdingiz. Garchi, g‘oliblikni tantana qilish nasib qilmagan bo‘lsa ham, biz hammasi uchun xursandmiz. Bundan tashqari, oq-ko‘k ranglarni chin yurakdan himoya qilganingiz uchun faxrlanamiz", - dedi 39 yoshli futbolchi.

Ma’lumot uchun, Argentina yoshlari mundial mobaynida finalgacha o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!