Messi bugun "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynaydimi?
Bugun tunda Evropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Markaziy bahsda "Manchester Siti" PSJ mehmoni bo‘ladi.
Ushbu qarama-qarshilik uchun parijliklar qaydnomasi e’lon qilindi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin egalladi. Jarohat tufayli jamoaning ichki birinchilikdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuborgan Lionel Messi hamda Verratti ro‘yxatga qaytdi. Biroq Serxio Ramos hali maydonga tushishga tayyor emas.
Quyida to‘liq qaydnoma bilan tanishishingiz mumkin: Navas, Donnarumma, Letele, Xakimi, Kimpembe, Markinos, Dagba, Kurzava, Diallo, Kerer, Mendesh, Verratti, Paredes, Danilu, Veynaldum, Errera, Draksler, Guye, Ebimbe, Mbappe, Ikardi, Neymar, Messi.
Ma’lumot uchun, chempionlik uchun ikki asosiy da’vogar bellashuvi 28-dan 29 sentyabrga o‘tar kechasi, soat 00:00da start oladi.
Fikrlar