Messi faoliyatida yangilik bo‘ladimi?

  • 3 noyabr, 2020, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati yanvarda Lionel Messi uchun maxsus shartnoma yuboradi. Xosep Gvardiola kataloniyaliklar boshqaruvidagi o‘zgarishlardan unumli foydalanib qolishga harakat qilmoqchi.

Ma’lumki, “Barselona”da Jozep Bartomeu rahbarligidagi boshqaruv a’zolari iste’foga chiqarildi. Hozir Kataloniyada Messi e’tibordan chetda. Asosiy masala klubning yangi prezidenti kim bo‘lishiga qaratilgan. Shu bois, Leo bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha hech qanday harakat olib borilmayapti.

“Machester Siti” esa yozda erkin agentga aylanadigan Lionel Messi bilan yanvarda yakuniy kelishuvga erishmoqchi. Gvardiola qadrdon shogirdini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Lionel Messining “Barselona”da ishtiyoqsiz to‘p tepayotgani bilinib qolyapti. Bosh murabbiy Kuman uni maqtagani bilan amalda argentinalik hujumchi avvalgiday o‘ynayotgani yo‘q. Klub rahbariyati bilan yuz bergan kelishmovchilikdan keyin Messi o‘yindan gol urgani yo‘q. U so‘nggi uch oy ichida to‘rtta to‘p kiritdi xolos. Bu gollarning barchasi 11 metrlik nuqtadan urildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!