Messi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Barselonaga qaytadi

  • 28.01.2025 21:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Devid Bekxem Lionel Messining "Barselona"ga bo‘lgan muhabbati haqida gapirdi.

- Men Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin Mayamida yashashini istardim. Biroq, Leo menga faqat Kamp Nou yonida yashashni xohlayotganini aytdi.

"Barselona"ni u kabi yaxshi ko‘radigan futbolchi yo‘q. Uning oyog‘ida va hatto suv shishasida "Barsa" emblemasini ko‘rish mumkin, - dedi Bekxem Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqib.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!