
Messi gol ursa, Argentina terma jamoasi yutqazmaydi!
Argentina terma jamoasi 2009 yil 14 noyabrdan beri davom etayotgan ajoyib seriyasini yanada uzaytirdi.
JCh-2022 saralashi doirasida Argentina o‘z maydonida Venesuelani qabul qildi va 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu o‘yinda PSJ hujumchisi Lionel Messi ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Opta statistik portali xabariga ko‘ra, argentinaliklar 12 yildan ortiq vaqt davomida Messi gol urgan uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Oxirgi marta 2009 yilning kuzida Ispaniyaga qarshi bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinida (1:2) Messining goli Argentinani mag‘lubiyatdan qutqarib qololmagan edi.
Fikrlar