Messi Grizmannga: To‘p kerakmi, ol!

  • 6 iyul, 2020, 11:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport jamoatchiligi “Barselona” va Grizmann o‘rtasida yuzaga kelgan muammolarda Lionel Messini ham ayblagan edi.

Tecno

Xususan, argentinalik futbolchi frantsiyalik hujumchiga to‘p uzatmayotgani va gol urishiga imkon bermayotgani haqida ko‘p gapirildi.

“Barselona”ning primera doirasida “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvida Grizmanni aynan Messi qulay pozitsiyaga chiqardi. Uchrashuv davomida Messi Antuanga boshqalarga qaraganda ko‘proq to‘p oshirdi.

Statistika ma’lumotlarga qaraganda, Grizman La Ligadagi 9 ta golidan uchtasini aynan Messi to‘p oshirganidan keyin kiritgan ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!