
Messi: Guruhda qolib ketsak, bu eng ahmoqona ish bo‘ladi
Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi “albasetlar”ning Amerika kubogidagi navbatdagi omadsizliklari haqida gapirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina kecha guruh bosqichining 2-turida Paragvay (1:1) bilan durang o‘ynadi va guruhda so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.
“Guruhda qolib ketsak, bu eng ahmoqona ish bo‘ladi. Zudlik bilan o‘yinimizni yaxshilash yo‘llarini qidirishimiz kerak. Jamoadagilar qayd etilayotgan natijalardan mamnun emasliklari ko‘rinib turibdi. Lekin, biz keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishimizga ishonishimiz kerak. Bu biz uchun hayot-mamot o‘yini bo‘ladi. Har bir guruhdan 3tadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi va Argentina ularning orasida bo‘lishiga shubha qilmayman”, - deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina 24 iyun kuni guruhning so‘nggi turida Qatar terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar