Messi ham, Ronaldu ham emas! Ronaldino hozir eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

  • 11 aprel, 18:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

2005 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Ronaldino ayni paytda jahon futbolida eng kuchli o‘yinchi kim ekani haqida fikr bildirib, “Real” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening nomini tilga oldi.

- Mbappe – hozirgi paytda menga yoqadigan eng zo‘r zamonaviy futbolchilardan biri. Men uning maydondan tashqaridagi faoliyatini ham hurmat qilaman.

Kilian zo‘r do‘st. PSJdan ketganimizdagi taqdirlarimiz o‘xshash, faqat klublarimiz boshqa-boshqa.

“Real”da Mbappe yanada ko‘proq rivojlanishi va hozirgacha erisha olmagan muhim narsalarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega, - dedi Ronaldino.

Mbappe uzoq muddat o‘z yurtida “Monako” va “Pari Sen-Jermen” jamoalari sharafini himoya qildi. O‘tgan yili yozda ilk bor xorij chempionatiga yo‘l olib, erkin agent sifatida “Real”ga ko‘chib o‘tdi va madridliklar bilan 2029 yilning yormigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!