
Messi ham oddiy odam!
“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning yangi a’zosi Lionel Messi parijliklarga moslashishi kerakligini ta’kidladi.
- Biz dunyoning eng zo‘r futbolchisi haqida gapiryapmiz. Lekin Leo ham boshqalar kabi oddiy odam ekanini unutmaslik kerak. Yangi jamoaga moslashish unga vaqt kerak.
Messining oilasi yangi jamiyat va madaniyatga moslashmoqda. U o‘zini uydagidek his qilishi uchun imkon bering. Hozir uning hayotida hamma narsa yangicha.
PSJga kelganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Vaqt o‘tishi bilan ishlashib ketamiz. Hozir u jamoadagi sheriklari bilan yaqinroq tanishishga harakat qilyapti. Messi biz bilan ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan, - dedi Maurisio Pochettino.
Lionel Messi PSJ tarkibida bir necha uchrashuvda qatnashgani qaramay, biror samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q.
Fikrlar