Messi Inestani ortda qoldirdi

  • 10.03.2019 09:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" forvardi Lionel Messi kecha La Liganing 27-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga (3:1) qarshi bahsda ishtirok etdi.

E’tiborlisi, bu 31 yoshli argentinalik futbolchi uchun Primerodagi 443-o‘yin bo‘ldi va u bu ko‘rsatgich borasida afsonaviy Andres Inestadan (442) o‘zib ketdi.

Ta’kidlash kerakki, “Barselona” safida La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi bu Xavi hisoblanadi. Uning hisobida 505ta o‘yin bor.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 33ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!