Messi “Inter Mayami”ga jamoani chempion qiladigan futbolchi topib berdi

  • 9 dekabr, 2024, 15:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” kelasi mavsum MLS chempionligiga erishmoqchi. Jamoa etakchisi Lionel Messi klub xo‘jayinlariga maqsadga etishish uchun “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyneni olib kelishni maslahat berdi.

Tecno

Lionel Messi belgiyalik yarim himoyachining imkoniyatlarini yaxshi bilgani uchun o‘zi etakchilik qilayotgan loyihaga Kevinni ham qo‘shishni istayapti.

Kevin de Bryuyne erkin agentga aylanayotgani bois uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istayotgan jamoalar ko‘p. Biroq Messi bilan birga to‘p tepish imkoniyati 33 yoshli futbolchini “Inter Mayami”ni tanlashida muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.

Kevin de Bryuynening maydonni yaxshi ko‘ra olishi, har qanday masofadan aniq va qulay to‘p oshirish qobiliyati Lionel Messiga qo‘l kelishi mumkinligi aytilmoqda. Bu ikki yulduzning o‘zaro hamkorligi “Inter Mayami”ning chempionlik imkoniyatlarini oshiradi.

Evropa miqyosida qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan Kevin de Bryuyne kabi o‘yinchilarning MLS jamoalariga o‘tishi liganing imidjiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!