Messi Ispaniya terma jamoasi chorlovini rad etganini tan oldi

  • 01.03.2026 12:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ayni paytda “Inter Mayami”da oʻynayotgan Lionel Messi faoliyatining ilk bosqichida fuqarolikni oʻzgartirish imkoniyati boʻlganini va muhim tanlovni amalga oshirishiга toʻgʻri kelganini aytdi.

Argentinalik yulduz uni Ispaniya terma jamoasiga jalb qilishga urinishlar boʻlganini oshkor qildi.

- Bir payt Ispaniya terma jamoasi rahbariyati men bilan bogʻlangan va meni ular uchun oʻynashga koʻndirishga harakat qilgan.

Men argentinalikman, lekin juda yoshligimda Barselonaga kelganman. Ispaniya uchun oʻynash imkoniyati bor edi, ammo men har doim Argentina uchun oʻynashni xohlaganman, - dedi Messi.

Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi safida 2005 yilning 17 avgustida Vengriya futbolchilarga qarshi oʻyinda debut qilgan. U 64-daqiqada maydonga tushgan, ammo bir daqiqa oʻtmay raqibiga qoʻpol zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Keyinchalik Messining xalqaro miqyosdagi ishlari yurishib ketdi. U milliy jamoa safida hozirgacha 196 oʻyin oʻtkazib, 115 gol urdi. Bu jahon futbolida Krishtianu Ronaldudan keyingi ikkinchi koʻrsatkichdir.

Messi Argentina terma jamoasi safida ikki marta Amerika kubogi va 2022 yildgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!