Messi jamoasi Manchesterdan futbolchi chaqirdi

  • 29.03.2026 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lionel Messi to‘p tepayotgan “Inter Mayami” klubi Yevropa futbolida porlagan o‘yinchilarni o‘ziga jalb etishni davom ettirmoqda.

Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qilgan yarim himoyachisi Kazemiro “Inter Mayami”dan taklif oldi.

Bu haqida taniqli insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Floridaliklar mutasaddilari braziliyalik futbolchining vakillari bilan aniq muzokaralarni boshladi va Kazemiroga ma’qul keladigan taklif berilishini ma’lum qildi.

Kazemironing o‘zi ham “Inter Mayami”ga o‘tishga ochiq, biroq ko‘p narsa boshqa da’vogarlar tomonidan taklif qilinadigan shartnoma muddati va moliyaviy shartlariga bog‘liq bo‘ladi.

34 yoshli futbolchiga Evropada ham, Saudiya Arabistonida ham chorlovlar davom etmoqda. Kazemiro uchun shartnoma shartlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!