Messi jarimadan gol urish bo‘yicha Bekxemga etib oldi

  • 8 sentabr, 2023, 11:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ekvadorga qarshi JCh-2026 saralashida (1:0) gol urdi.

Bu "Inter Mayami" hujumchisining faoliyatidagi 65-to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan kiritgan goli bo‘ldi va bu borada Devid Bekxem bilan tenglashib oldi.

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 60 ta shunday gol bor.

Junino Pernambukano (77), Pele (70), Viktor Legrotalle va Ronaldino (ikkalasi 66 tadan) jarima zarbasidan gol urish bo‘yicha ular Messidan oldinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!