
Messi jarohatdan tuzalib, mashg‘ulotlarga qaytdi
Argentina terma jamoasi forvardi "Kopa Amerika-2024" guruh bosqichi Chiliga qarshi o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan edi. Messi jiddiy jarohatdan qutulganiga qaramay Peruga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Dushanba kuni Messi Argentinaning umumiy guruh mashg‘ulotlarga qaytdi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi chorak finalda Ekvador bilan o‘ynaydi. O‘yin 5 iyul tongida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar