
Messi JCh-2026 da ishtirok etadimi?
“Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi JCh-2026da ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“2026 yilgi jahon chempionati? Bilmadim. Menga bu savolni ko‘p marta berishgan, ayniqsa Argentinada, lekin bu yilni muvaffaqiyatli yakunlayman degan umiddaman. O‘ylaymanki, yangi yilda ham mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi o‘tkazaman, o‘tgan safar buni uddalay olmagandim. Keyinchalik nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi argentinalik futbolchi ESPN nashriga bergan intervyusida.
Messi 2023 yildan beri “Inter Mayami” klubida to‘p suradi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Lionel bungacha PSJ va “Barselona” klublarida to‘p surgan.
Messi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar