Messi "JCh-2026"ni o‘tkazib yuboradi (mi)?

  • 03.04.2026 02:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining 2026 yildgi Jahon chempionatida ishtirok etishi so‘roq ostida. Bu haqida Ispaniyaning El Chiringuito dasturida ma’lum qilindi. 

Unga ko‘ra, Argentinda Messining mundialda qatnashishi to‘liq kafolatlanmagani haqida fikrlar mavjud.

Ma’lum qilinishicha, Messi faqat jismoniy holati 100 foiz tayyor bo‘lgan taqdirdagina musobaqada ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, "JCh-2026" guruh bosqichida "albiseleste" Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!