Messi Kabo-Verdega qarshi o‘yinda qanday statistika qayd etdi?
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati 1/16 finalida Kabo-Verdega qarshi kechgan bahsda jamoasining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi.
⠀
Janubiy amerikaliklar dramatik tarzda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, qo‘shimcha vaqtlardan keyin 1/8 finalga yo‘l oldi.
⠀
39 yoshli Messi 29-daqiqada gol urdi, shuningdek, Argentina kiritgan yana ikki golda ham bevosita ishtirok etdi.
⠀
Uchrashuv davomida Lionel raqib darvozasi tomon 9 marta zarba yo‘lladi, ularning 6 tasi aniq chiqdi. Shuningdek, u 3 ta hal qiluvchi uzatma berdi, to‘p bilan 83 marta muomala qildi va raqib jarima maydonida 8 marta harakat qildi. Uzatmalarda esa 43 ta urinishdan 37 tasini aniq bajarib, 86 foizlik ko‘rsatkich qayd etdi.
⠀
Shu tariqa, Messi ushbu Jahon chempionatidagi gollari sonini 4 o‘yinda 7 taga yetkazdi va turnirning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.

Fikrlar