
“Messi kerak emas, u tashvish keltiradi”
“Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Emil Mpenza klub “Barselona” sardori Lionel messini olishga harakat qilayotganiga tanqidiy fikr bildirdi.
- Jamoaning himoya chizig‘idagi muammolar borligini inobatga olgan holda Gvardiolaga Messi kabi o‘yinchilar kerak emas, deb o‘ylayman. Pep birinchi navbatda himoyadagi kamchiliklarni bartaraf etishi kerak. Kompani ketganidan keyin himoyada katta teshik paydo bo‘ldi va hali uni yopadigan futbolchi topilgani yo‘q.
Shuncha muammo turganda Messini olishdan nima naf? Leoning pozitsiyada o‘ynash uchun Mahrez va Aguero kabi futbolchilar bor. Messining olinishi jamoaga tashvish keltiradi xolos, - dedi Emil Mpenza.
Fikrlar