Messi ketma-ket 19 yildan buyon gol urib kelmoqda

  • 12 yanvar, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi gollar seriyasini uzaytirdi. Gap shundaki, 35 yoshli argentinalik futbolchi 2005 yildan buyon professional futbolchi sifatida ketma-ket 19 yil doimiy ravishda gol urib kelmoqda.

Tecno

Argentinalik yulduz kecha Frantsiya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan “Anje”ga qarshi o‘yinning 72-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi va 2023 yilgi kalendar yilida ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Messi 8-marta yilning birinchi o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘lgani ham e’tiborga molik. U o‘tgan 2022 yilni 35 ta gol bilan yakunlagan edi. Leoning bu boradagi rekordi esa 2012 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda u bir yil mobaynida jami 91 ta gol urgan.

Lionel Messi joriy mavsum PSJ safida 20 o‘yinda maydonga tushbi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!