
Messi keyingi "Oltin to‘p"ni kim olishini aytdi
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi “Oltin to‘p”ni sakkizinchi marotaba qo‘lga kiritganidan keyin PSJ etakchisi Kilian Mbappe va “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland haqida fikrlarini bildirdi.
- Erling ham bu sovringa loyiq edi. Xoland Angliya Premer-ligasi vaEvropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, barcha musobaqalarning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Bu sovrin unga tegishi ham mumkin edi.
Yaqin kelajakda Xoland ham, Mbappe ham “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lishiga aminman, - dedi argentinalik jahon chempioni.
Bu galgi “Oltin to‘p” sovrini tanlovida Erling Xoland va Kilian Mbappe Lionel Messidan keyingi o‘rinlarni egalladi.
Fikrlar