Messi maqsadi yo‘lida hamma narsaga tayyor

  • 18.05.2022 18:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lionel Messi va Maurisio Pochettino o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi. 

"L'Équipe" nashrining yozishicha, Leo Pochettinoni ketishiga qarshi ham emas. U kelasi mavsum jamoani kim boshqarishini kutmoqda. Argentinalik hujumchi yangi murabbiyning kelishi klubdagi roliga ta’sir qiladimi yoki yo‘qligini bilishni istaydi. 

Bundan tashqari, Messi "Barselona"dan boshqa klubda ham muvaffaqiyat qozona olishini isbotlash niyatida. U kelasi mavsumda PSJ bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun hamma narsaga tayyor. 

Joriy mavsumda 34 yoshli futbolchi PSJ safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozlirib qo‘ygan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!