Messi mashhurligidan nolidi

  • 19.11.2022 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Lionel Messi mashhurligi hayotida unga xalaqit qiladigan paytlar ham bo‘lishini tan oldi.

- Messi ekanimning yomon tomonlari ham bor. Ko‘p narsalarda ko‘zdan chetda bo‘lishni istayman. O‘zimga e’tiborni tortishni yoqtirmayman. Har doim meni kuzatib yurishlari ham yoqmaydi, - dedi Lionel Messi.

Messi futbol tarixida futbolchilarga beriladigan eng nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p”ni etti marotaba qo‘lga kiritgan yagona o‘yinchi hisoblanadi.

Argentinalik hujumchi jahon chempionatidan boshqa o‘zi ishtirok etgan barcha nufuzli turnirlarda g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!