Messi: "Mayamida odamlar futbolga katta ahamiyat berishmaydi"
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Mayamidagi hayoti haqida gapirib berdi. Argentinalik yulduz Amerikadagi va Barselonadagi hayotini solishtirdi.
"Bu yerda ancha hotirjam yashayotganim rost. Mayamining biz yashaydigan qismida hammasi ancha amerikacha: odamlar boshqacha yashashadi va futbolga katta ahamiyat berishmaydi.
Barselonada men doim qaergadir borardim va odamlar bunga o‘rganib qolishgandi. Men deyarli Barselonada tug‘ilganman, bir umr o‘sha yerda yashaganman. Doim bir xil joylarga borardim, odamlar meni doim ko‘rishardi, shuning uchun bu normal holat edi.
Bu yerda ham hayotimiz ancha mo‘tadil. Biz ham bolalarga juda bog‘lanib qolganmiz, ularning hayotiga, kun tartibiga juda bog‘lanib qolganmiz. Aytib o‘tganimdek, ular darslarni tugatishadi va biz mashg‘ulotlarga kelamiz", - dedi Messi.
Fikrlar