Messi o‘zi xohlasa, istalgan payt “Barsa”ga qayta oladi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘zi bilan birga o‘ynagan Lionel Messining Kataloniyaga qaytish imkoniyatiga baho berdi.
- Agar Leo o‘zi xohlasa, istalgan payt “Barselona”ga qaytishi mumkin. Tabiiyki, men ham uni shug‘ullantirishni istayman. Messi hali ham jahonning eng zo‘r futbolchisi, - dedi Xavi Ernandes.
Messi Kataloniya klubida 15 yil faoliyat yuritgan. 2021 yilning yozida taqdir taqozosi bilan PSJga o‘tdi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar