Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi MLSdagi omadsiz oʻyindan soʻng hakamga tashlanmoqchi boʻldi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Uchrashuvdan so‘ng hakamlar kiyinish xonasiga yo‘l olgan paytda Messi ular ortidan borib, e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi.

"Inter Mayami" yulduzi Lionel Messi MLSning yangi mavsumidagi ilk tur doirasidagi "Los-Anjeles"ga qarshi oʻyindan keyin hakam qarorlaridan qattiq norozi boʻldi.

Uchrashuvdan soʻng hakamlar kiyinish xonasiga yoʻl olgan paytda Messi ular ortidan borib, eʼtiroz bildirmoqchi boʻldi. Biroq argentinalik futbolchini jamoadoshi — Luis Suarez toʻxtatib qoldi. U Messi ehtimoliy diskvalifikatsiyaga sabab boʻladigan holatga tushib qolishidan xavotir olgan.

Videolarda Suarezning tajribali tarzda Messini tinchlantirgani aks etgan boʻlib, mazkur lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tez surʼatda tarqaldi.

Maʼlumot uchun, mazkur bahsda "Inter Mayami" 3:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q