
Messi mojaroda mag‘lubiyatga uchramoqda
“Barselona” va Messi o‘rtasidagi mojaro klub foydasiga hal bo‘ladigan ko‘rinadi. Garchi argentinalik yulduz Kataloniyani tark etish fikridan qaytmagan bo‘lsa-da, klubdan o‘zi istaganidek erkin agent maqomida keta olmasligini tushunib etdi.
Ayni paytda ushbu mojaro futbolchining otasi va agenti Xorxe Messining klub prezidenti Jozep Bartomeu bilan bo‘ladigan uchrashuvda echim topishi kutilmoqda. Bo‘lajak uchrashuvda Bartomeu futbolchining vakillariga Messi “Barselona”ni shundoq tashlab keta olmasligini, aks holda ish sudga oshirilishini uqtirishini ma’lum qilgan. Xorxe esa o‘g‘lini ketishiga ruxsat so‘ramoqchi.
Hozirdan masala “Barselona” foydasiga hal bo‘ladigan ko‘rinadi. Chunki Messi da’vogarlik qilgan klublar uni tekinga qo‘lga kirita olmasligini bilgan holda hujumchidan birma-bir yuz o‘girmoqda. Xususan, Messi uchun 700 million evro to‘lashi aytilgan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchiga “Barselona”da qolishi kerakligini aytmoqda. “Inter” va “Manchester Yunayted” argentinalik hujumchining transferi o‘zini oqlamasligini bildirib, e’tiborini boshqa futbolchilarga qaratadigan bo‘ldi.
Bir so‘z bilan aytganda, Messining yo‘llari tobora yopilib bormoqda.
Fikrlar