Messi navbatdagi xet-trigini rasmiylashtirdi: Ronaldugacha yana 5 ta qoldi

  • 14.05.2026 09:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida "Sintsinnati"ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi.

Argentinalik futbolchi o‘yning 24, 55 va 89-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uning jamoasi esa 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu 38 yoshli hujumchining faoliyatidagi 61-xet-trik bo‘ldi. Shundan 51 tasi klublar safida, yana 10 tasi Argentina milliy jamoasi tarkibida qayd etilgan.

Messi so‘nggi marta 2025 yil 18 oktyabr kuni "Neshvill"ga qarshi bahsda uchta gol urgan edi. O‘sha o‘yinda ham "Inter Mayami" 5:2 hisobida g‘alaba qozongan.

"An-Nasr" a’zosi Krishtianu Ronalduning hisobida esa faoliyati davomida 66 ta xet-trik mavjud. Portugaliyalik yulduz 56 ta xet-trikni klublar safida, 10 tasini esa milliy jamoada rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!