Messi penaltini qayta tepishi kerak edi

  • 11 mart, 2021, 11:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales EChL 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan PSJ – “Barselona” (1:1) bahsida Messi tomonidan aniq amalga oshirilmagan penalti haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Messining 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini PSJ darvozaboni Keylor Navas bartaraf etdi.

“Bu VAR tizimining katta xatosi. Messi penaltini qayta tepishi kerak edi, chunki Leo zarba berishidan oldin jarima maydoniga Verratti kirib keldi. Keyin u darvozabondan qaytgan to‘pni  maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Bu penalti qayta ko‘rib chiqilishi kerak edi, ammo hakamlar faqat darvozabonni kuzatib turishdi”, - dedi Golsales.

PSJ – “Barselona” bahsini Entoni Teylor boshchiligidagi angliyalik hakamlar guruhi boshqarib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!