Messi PSJ mashg‘ulotlariga qaytdi
Avvalroq ikki haftaga PSJ o‘yinlaridan chetlatilgan Messi jamoa mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi. U qaytgani va jazo bekor qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. 35 yoshli futbolchiga Saudiyaga qilgan safari qimmatga tushgandi. Keyinchalik u video orqali klub va muxlislardan kechirim so‘radi.
Argentinalikning amladagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Uning yangi jamoasi noma’lum. Ammo "Al-Hilol" hujumchining transferiga harakatni kuchaytirgan.
PSJ ham Messiga taklif bilan chiqqandi, lekin Lionel shoshilmayapti. U klubning keyingi yillardagi rejalarini bilmoqchi va shunga qarab so‘nggi qarorni chiqaradi.



Fikrlar