Messi PSJ uchun qimmatga tushadi...

  • 20 yanvar, 2021, 16:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning argentinalik superyulduzi, 6 karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messining shu yozda jamoasi bilan xayrlashishi deyarli aniq. Hozircha, u o‘tishi mumkin bo‘lgan klublar sifatida Gvardiolaning "Manchester Siti"si hamda Pochettinoning PSJsi tilga olinmoqda. 

Tecno

Muammo shundaki, Messining maosh borasidagi talablari ushbu transferning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. PSJ o‘ta boy klub, biroq pandemiya davri barcha klublar byudjetiga jiddiy ta’sir qilganligi bois, hatto ular ham Messining yuqori maoshini to‘lashga qodir emas. Ayni damda, Leo "Barselona"da haftasiga 500 ming funt maosh oladi. Yulduzlarga boy Parij klubi safida esa shundoqq ham katta maoshli futbolchilar ko‘p. Shu sababli, rahbariyat argentinalik yulduzni faqatgina maoshi kamayishiga rozi bo‘lgan taqdirdagina sotib olishini ma’lum qilgan. 

Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!