
Messi PSJda qolishga tayyor. Buning uchun jamoa EChLda g‘olib bo‘lishi lozim
"Pari Sen-Jermen" yulduzi Lionel Messi jamoadagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.
"The Athletic" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, argentinalik pleymeyker agar klub Evropa Chempionlar ligasida zafar quchsa, Parijda qolishga tayyor. U bosh murabbiy Kristof Galte qo‘l ostida ishlashni yoqtiradi.
Ayni vaqtda Messi terma jamoa safida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Shu sababli muzokara stoliga mundial yakunlangach o‘tiriladi.
35 yoshli Leo PSJ tarkibiga 2021 yilda "Barselona"dan kelib qo‘shilgandi. Uning parijliklar bilan bitimi 30 iyunda yakuniga etadi.
Fikrlar