Messi PSJdan ketadi!
PSJ rahbariyati argentinalik yulduz Lionel Messidan voz kechishga tayyor. Todofichajes nashrining xabar berishicha, Leo mavsum yakunlangach, Parijni tark etadi. Tomonlar amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilish yo‘llarini qidirmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, parijliklar katta maosh olayotgan Messining o‘yin sifati yuqori emasligidan norozi bo‘lmoqda. Xususan, “Barselona”da yuqori samaradorlik qayd etib kelgan Messi Frantsiya chempionatidagi yagona golini urish uchun uch oy vaqt sarfladi. Uning o‘zi ham jamoada o‘zini erkin his qila olmayapti.
Eng muhimi esa, “Barselona”ga Messining do‘sti Xavi Ernandes bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin Leoda Kataloniyaga qaytish istagi paydo bo‘lgan. “Barselona” rahbariyati ham kelajakda Messini ortga qaytarinshni rejalashtirayotgan haqida xabarlar tarqalgan edi.
Agar Messi “Barselona”ga o‘tish variantidan quruq qolsa, AQSh chempionatiga yo‘l olishi kutilyapti.

Fikrlar