Messi qachon PSJga qaytadi?
Argentinalik hujumchi Lionel Messining PSJ mashg‘ulotlariga qachon qaytishi hozircha ma’lum emas.
L'Équipe xabariga ko‘ra, 35 yoshli hujumchining PSJ mashg‘ulotlariga qaytish sanasi hali belgilanmagan. Bu boradagi qaror dekabr oyining oxirigacha qabul qilinadi.
Klub Messining Argentina terma jamoasi tarkibida JCh-2022dagi g‘alabani munosib nishonlayotganini tushunadi. Leo o‘z his-tuyg‘ularidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi.
Fikrlar