Messi “Real” bilan o‘yindan keyin shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoa etakchisi Lionel Messi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida ishlashda davom etmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha, argentinalik futbolchi otasi bilan birga yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni “Real” bilan o‘tadigan navbatdagi “el-klassiko”dan so‘ng boshlashni rejalashtirmoqda. Aytish kerakki, kataloniyaliklar rahbariyati Messiga yillik 24 million evro maosh taklif qilmoqda. Ma’lumot uchun, Leo ayni damda “Barselona”dan jami 29 million evro maosh oladi. Bu barcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda albatta.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi “el-klassiko” 3 dekabr kuni Kamp-Nou stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar