
Messi Ronalduning rekordini ko‘zladi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Leganes”ga qarshi uchrashuvda penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gol argentinalik to‘purarning 699-goli bo‘lish bilan birga, 11 metrlik nuqtadan aniq yo‘llagan 56-zarbasi sifatida ham qayd etildi.
Penaltidan gol urish bo‘yicha Leo “Real”, “Atletiko” va “Rayo Valekano” safida to‘p surgan Ugo Sanchesga etib oldi.
Ispaniya chempionatida penaltini aniq amalga oshirish bo‘yicha mutlaq rekord Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliyalik yulduz La Ligadagi faoliyati davomida 61 ta penaltini aniq bajargan.
Mutaxassislar yaqin yillar ichida Messi bu rekordni yangilashi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
“Chelsi” Ronaldu bo‘yicha qarorini e’lon qildi
“Real”da singan yulduzlar
Fikrlar