Messi “Siti” yulduzini kutyapti
Lionel Messi oʻynayotgan “Inter Mayami” klubi tarkibni “Manchester Siti” sardori Bernardu Silva bilan kuchaytirishni moʻljallayapti.
Klub yetakchisi hisoblangan Lionel Messi bu transferni allaqachon maʼqullagan, bu esa “Inter Mayami” loyihasini portugalik yarim himoyachi uchun yanada jozibador qiladi.
Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
31 yoshli Silvaning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi va bu unga klubdagi toʻqqiz mavsum va 400 dan ortiq oʻyindan keyin Manchesterni erkin agent sifatida tark etish imkonini beradi.
Manba maʼlumotiga koʻra, “Yuventus” ham Silva nomzodini ustuvor maqsad sifatida koʻrib chiqmoqda.
“Inter Mayami”ning asosiy ustunligi moliyaviy jihat boʻlishi mumkin. “Manchester Siti”da Bernardu yiliga taxminan 19,5 million funt (22,6 million yevro) maosh oladi.
Turin klubiga oʻtish uchun u maoshini kamaytirishga rozi boʻlishiga toʻgʻri keladi, AQShda esa unga yanada foydali shartlar taklif qilinmoqda.
Fikrlar