Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlamasligini aytdi

  • 19.12.2022 09:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Argentina - Frantsiya o‘yinidan so‘ng Lionel Messi jurnalistlarning savollariga javob berdi. 35 yoshli futbolchi chempionlik haqida savollarga quyidagicha javob berdi:

Men buni juda xohlardim. Xudo bu kubokni menga berishini bilardim. Shunday bo‘lishini his qildim.

Biz juda ko‘p azob chekdik. Lekin buni uddaladik. Bolalikdan beri orzu qilib kelgan narsamni qo‘lga kiritdim”, - dedi PSJ hujumchisi.

U faoliyatini yakunlash haqida ham gapirdi.

“Yo‘q, men Argentina terma jamoasidagi faoliyatimni yakunlamoqchi emasman. Men chempion sifatida ham o‘ynab ko‘rmoqchiman”, - deya qo‘shimcha qildi Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!