Messi: U bilan deyarli oxirigacha birga edik
Argentina va "Inter Mayami" sardori Lionel Messi jamoadoshi Serxio Busketsning faoliyatini yakunlashi xaqida munosabat bildirdi.
"Buskets bilan deyarli faoliyatim boshidan oxirigacha birga edik. U jamoaning yuragi xisoblanadi. Uning futbolidan zavq olish men uchun sharaf edi. Serxio bilan yana ozgina birga o‘ynash uchun vaqtimiz bor va mavsum yakunida uning faoliyatidagi so‘ngi sovrinini yutishi uchun xarakat qilamiz", - dedi 38 yoshli xujumchi.
Ma’lumot uchun, Messi va Buskets "Barselona"ning yoshlar va asosiy jamoasida 13 ta mavsumni birga o‘tkazgan edi. Bundan "Inter Mayami"da xam to‘liq 1 mavsum xarakat qildi.
Fikrlar