Messi uchta gol bilan Pelening tarixiy rekordini sindirdi

  • 10.09.2021 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi 2022 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Boliviya darvozasiga uchta to‘p kiritib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, Messi milliy terma jamoalardagi gollari soni bo‘yicha Janubiy Amerika rekordini yangiladi. Avvalgi natija futbol qiroli Pelega tegishli bo‘lib, braziliyalik chempion  91 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 77 ta gol yozib qo‘ygan.

Xet-trikdan keyin Messining gollari soni 79 taga etdi va bu rekord natija sifatida qayd etildi. 34 yoshli hujumchi  Argentina terma jamoasi safida 153 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!