“Messi unga qo‘lidan kelgancha yomonlik qildi!”

  • 11 noyabr, 2020, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antuan Grizmanning sobiq agenti Erik Olats frantsiyalik hujumchi “Barselona”ga moslashishda to‘sqinliklarga duch kelganini oshkor qildi.

Tecno

- Antuan qiyinchiliklar qaynab yotgan va  amalda hamma narsani Messi hal qiladigan klubga o‘tdi. Lionel bir paytning o‘zida jamoaning ham imperatori, ham monarxi hisoblanadi. Leoga Grizmanning kelgani yoqmadi. Messi Antuanning moslashishi qiyin bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan yomonliklarni qildi. Grizmann doim jamoa sardori bilan muammo yo‘qligini aytmoqda. Lekin Leo hech qachon bunday demagan. Lionel futbolchilar oldida katta ta’sir kuchiga ega. U maydonda qanchalar zo‘r bo‘lsa, maydondan tashqarida shuncha rasvo odam!, - dedi Olats.

Shuningdek, Olats Grizmann “Barselona”ga kelganida Messi u bilan umuman gaplashmagani, o‘yinlarda qulay pozitsiyada turganiga qaramay, to‘pni oshirmagani, xalaqit qilishga uringan va bu ko‘pincha aniq bilinib qolganini ham aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!